service-neyrology

Urologiya (uro… va … logiya) — klinik tibbiyot sohasi; siydik aʼzolari sistemasi, jinsiy aʼzolar kasalliklarini, ularning kelib chiqish sabablarini oʻrganadi, shuningdek, bu kasalliklar diagnostikasi, davosi hamda oldini olish usullarini ishlab chiqadi.

U. 20-asrda xirurgiyad&n mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. Urologik kasalliklar kadimdan maʼlum. Abu Ali ibn Sino qovukdagi toshlarni tushirish sirasrorlarini bilgan. Lekin ilmiy U. 19-asrda shakllandi. 1869 yilda G. Simon (Angliya) birinchi marta siydik nayini kateterlash, kasallangan buyrakni operatsiya yoʻli bilan olib tashlashga muvaffaqboʻldi. Fransiyalik F.J. Gyuyon, L. Mersye, J. Albarran; angliyalik G. Tompson, P. Freyer; avstriyalik L. Dittel U.ning rivojiga munosib hissa koʻshdilar. U.ning rivoji, asosan, sistoskopiya va rentgen nurlari orqali tekshirish usullarining kashf etilishi bilan bogʻliq. 20-asr da diagnostika va davolashning yangi usullari — xromotsistoskopiya (F.Felker va E. Iozef, Germaniya, 1903), retrograd piyelografiya (A. Lixtenberg va F. Felker, Germaniya, 1906), ekskretor urografiya (M. Svik, A. Lixtenberg , Germaniya. 1929) va boshqa ishlab chikildi. Buyrak yetishmovchiligida gollandiyalik olim V. Kolf klinikada birinchi marta sunʼiy buyrak ishlatdi (1944).

Oʻzbekistonda U.ning rivoji 1924 yilda Oʻrta Osiyo universitetining tibbiyot ftida urologiya kafedrasi hamda 25 oʻrinli urologiya klinikasi tashkil etilishi bilan bogʻliq. 60—70-yillarda radiologik, angiografik, urodinamik, kompyuter tomografik tekshiruvlarning amaliyotga kirib kelishi bilan U.da jarroxlik usullari takomillashdi; TUR, perkutan operatsiyalar, buyrak toshlarini masofadan parchalash yoʻlga qoʻyildi. Hozirgi kunda laparoskopik operatsiyalar (qarang Laparoskopiya) keng qoʻllanmoqda. Bunda O.M. Muxtorov, I.P. Pogorelko, T.N. Pozdnyakova, D.L. Arustamov va boshqalarning hissasi katta boʻldi.