Tug’ruq

f574ce7980c4ad46d6847f79dabb939e

Tug‘ruq jarayoni: to‘lg‘oq boshlanishi va tug‘ish belgilari

Homilador ayolga tug‘ish jarayoni boshlanishini aniqlab olish oson bo‘lmaydi, lekin tez kunlarda farzandning dunyoga kelishini bildiruvchi belgilar ham bor.

Homiladorlikning so‘ngi haftalarida ayollar sabrsizlik bilan farzandi dunyoga kelishini kutishadi va “Qachon bolakay tug‘iladi ?” degan savolni ko‘p berishadi.

Homiladorlikning so’nggi haftalari

Farzandning dunyoga kelish kunini oldindan aniq aytib berish qiyin, ba’zida homiladorlikning 3840hatto 42-haftalarida ham tug‘ruq jarayoni boshlanishi mumkin. Agar ayol o‘z organizmidagi o‘zgarishlarga diqqat bilan e’tibor qaratsa, farzand dunyoga kelish belgilarini sezib oladi.

Bola dunyoga kelish kuni yaqinlashgan sari ayolning emotsional holati ham o‘zgaruvchan bo‘lib qoladi: ba’zilar qo‘zg‘aluvchan bo‘lib qolishsa, ba’zilar esa tug‘ish oldidan o‘zlarini hotirjam sezadilar.

Ko‘pchilik ayollarda ko‘zyorar kuni yaqinlashishi oldidan “uy instinkti” degan tushuncha paydo bo‘ladi. Homilador ayol xonadonda yangi oila a’zosi dunyoga kelishiga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi: xonalarni tozalaydi, yuvadi, narsalarni yig‘ishtiradi. Ammo ayol o‘z kuchini ortiqcha sarflamasligi lozim, chunki uning energiyasi unga tug‘ish jarayonida kerak bo‘ladi.