📍 Avval xabar berganimizdek, Qarshi shahar tibbiyot birlashmasida kadrlar salohiyatini oshirishga qaratilgan 72 soatli malaka oshirish sikli doirasida navbatdagi mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

👩‍🏫 Mashg‘ulotlar Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining “Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni boshqarish” kafedrasi assistenti Sh.N. Abbasxanova tomonidan olib borildi.

💬 Shuningdek, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining inson resurslarini boshqarish bo‘yicha sho‘ba boshlig‘i Yu. Baratova ishtirok etib, davlat xizmatchisining odob-axloq qoidalari hamda tibbiyot muassasalarida xodimlar bilan ishlashni samarali tashkil etish yuzasidan amaliy tavsiyalar berdi.

✅ Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilarga zarur bilim va ko‘nikmalar berilib, ularni amaliy faoliyatda qo‘llash masalalari muhokama qilindi.

Qashqadaryo viloyati sog’liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati