Qarshi shahar tibbiyot birlashmasida Sog‘liqni saqlash vazirligi Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boshqarmasining viloyat bo‘yicha bosh mutaxassisi ishtirokida korrupsiyaning oldini olish va manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirda 70 nafarga yaqin xodim ishtirok etib, komplayens xizmatining maqsad va vazifalari, manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va deklaratsiya qilish, shuningdek, tibbiyot xodimlarining bemorlar bilan munosabatlarida kasbiy va axloqiy me’yorlarga rioya etish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Birlashma tizimidagi 3 001 nafar xodimning huquqiy xabardorligini oshirish maqsadida videotaqdimotni jamoalarda ko‘rib chiqish hamda manfaatlar to‘qnashuvi mavjud bo‘lgan xodimlar tomonidan tegishli deklaratsiyalarni to‘ldirishni tashkil etish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.





