Qarshi shahrida tibbiyot muassasalarida ishlaydigan 33 nafar mas’ul xodim 72 kreditli “Tibbiyot muassasalarida tashkiliy-kadrlar va inson resurslarini rivojlantirish xizmati asoslari” mavzusidagi malaka oshirish kursida ishtirok etayapdi. Kurs 23-mart – 4-aprel oralig’ida gibrid shaklda bo’lib o’tmoqda. Mashg’ulotlarga tajriba, nazariy bilimlar, amaliyot hamda tahlillar jihati bilan e’tibor qaratilmoqda.

Viloyatimizdagi davolash-profilaktika muassasalarining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limlari mas’ul xodimlari uchun 72 kreditli “Tibbiyot muassasalarida tashkiliy-kadrlar va inson resurslarini rivojlantirish xizmati asoslari” mavzusida malaka oshirish siklining sayyor moduli bo’lib o’tmoqda.

Mazkur o‘quv jarayoni Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan 2025–2026 o‘quv yili kalendar-rejasi asosida amalga oshirilmoqda.

📅 Navbatdagi bosqich 2026-yil 23-mart – 4-aprel kunlari gibrid (sayyor va kunduzgi) shaklda tashkil etilib, uning sayyor qismi Qarshi shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Unda viloyat sog‘liqni saqlash tizimidagi 33 nafar mas’ul xodim ishtirok etishmoqda.

👨‍⚕️ Mashg‘ulotlar Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining “Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni boshqarish” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, kafedra professori D.A.Asadov boshchiligidagi mutaxassislar: professor X.Ye.Rustamova, dotsentlar X.D.Asadov, V.A.Xakimov, A.K.Xamrayev, katta oʻqituvchilar T.Yu.Aripov, S.B.Abduraximova, D.A.Sodiqxoʻjayeva xamda assistent Sh.N.Abbasxanova tomonidan olib borilmoqda. Darslar davomida nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy mashg‘ulotlar, muassasalar faoliyati tahlili va joylarda o‘rganish ishlari tashkil etilgan.

💬 Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligining mas’ul xodimlari hamda kasaba uyushmasi vakillari ishtirokida muammolar va takliflar muhokama qilinmoqda.

📊 O‘quv jarayonining yakunida tinglovchilar test sinovlari va yozma imtihon topshiradi. Ishtirokchilar tomonidan siklni kengaytirish, ta’lim hajmini oshirish hamda uni har yili o‘tkazish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilmoqda.

✅ Bunday malaka oshirish dasturlari sog‘liqni saqlash tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish va inson resurslarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Qashqadaryo viloyati sog’liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati