Prezidentning 2026-yil 3-martdagi PF–33-son Farmoni bilan ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish hamda erta nikohlarning oldini olishga qaratilgan yangi choralar belgilandi.
📌 2027-yildan boshlab har ikki tomon kamida 21 yoshga to‘lib, birinchi marta nikoh qurayotgan yosh oilalar davlat tomonidan qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlanadi.
✔️ Bunday oilalar ijtimoiy reyestrga kiritilganda: subsidiyalar, ssudalar va grantlar 1,5 baravar ko‘proq miqdorda beriladi.
✔️ Nikoh shartnomasi tuzgan juftliklar nikohni rasmiylashtirish uchun davlat bojidan ozod etiladi.
📚 Shuningdek, 2026/2027 o‘quv yilidan homilador talaba-qizlar yoki 3 yoshgacha farzandi bor talabalar uchun ta’limni davom ettirish imkoniyati — “ikkinchi imkoniyat” yaratiladi.
⚖️ Bundan tashqari, voyaga yetmaganlar bilan nikohni targ‘ib qilish yoki unga da’vat etish uchun ma’muriy javobgarlik joriy etiladi.
2026/2027 o‘quv yilidan homilador yoki 3 yoshgacha farzandi bor talabalar uchun ta’limni davom ettirish imkoniyati yaratiladi.

Categories:
Yangiliklar

