Viloyat hokimi – Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2025-yil 21-fevraldagi “Aholi o‘rtasida Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi tarqalishining oldini olishda FVDqT xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi 6-sonli buyrug‘i tasdiqlanga edi.
📋Ushbu buyruqda viloyat hududida Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi tabiiy o‘choqlari mavjud hududlarda aholi o‘rtasida Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligining oldini olish va kasallik sodir bo‘lganda tegishli vazifalarni o‘z vaqtida samarali bajarilishini ko‘rgazmali namoyish etish, epidemiyaga qarshi zaruriy tadbirlarni tashkillashtirish yuzasidan tegishli xizmat doiralari kuch va vositalarining o‘zaro hamkorligini takomillashtirish ko’zda turilgan.
🧑‍⚕️Ana shunday tadbirlardan navbatdagisi Kitob tumanida tuman tibbiyot birlashmasi va hamkor tashkilotlar bilan tashkil etildi.