Unda vazirlik Markaziy apparati xodimlari, ixtisoslashtirilgan markazlar, respublika davolash muassasalari va tibbiyot oliy o’quv yurtlari rahbarlari, joylardagi studiyalardan barcha hududiy boshqarmalar hamda tuman tibbiyot birlashmalari boshliqlari, shuningdek O’zbekiston hisob palatasi mas’ul xodimi ishtirok etyapti.
Yig’ilishda Sog’liqni saqlash vaziri v.b. A.Xudayarovning joriy yil birinchi yarim yilligida Qoraqalpog’iston Respublikasi hamda Namangan, Jizzax, Samarqand, Farg’ona, Surxondaryo va Qashqadaryo kabi bir qator viloyatlarda bo’lib, tibbiy xatlov, profilaktik ko’rik va skrining tadbirlarini samarali tashkil etish, olis va chekka hududlarda tibbiy xizmat sifatini oshirish, aholining ehtiyojmand qatlamiga yuqori malakali tibbiy yordam ko’rsatishni mahallabay yo’lga qo’yish bo’yicha bergan topshiriqlari ijrosi chuqur tahlil qilinmoqda.
Shuningdek, tadbirda sohada davlat byudjeti mablag’larining maqsadli sarflanishini nazorat qilish, tibbiyotni aholiga yanada yaqinlashtirish maqsadida Sog’liqni saqlash vazirining mamlakatimizdagi mavjud 208 ta tuman (shahar) hokimlari bilan video-Konferentsaloqa orqali bo’lib o’tadigan muloqotiga tayyorgarlik ko’rish bo’yicha qilinayotgan ishlar muhokama qilinadi.
Sog’liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati