✅ O‘zbekistonda tibbiyot xodimlari mehnat samaradorligini baholash ko‘rsatkichlarini ishlab chiqib, samaradorlikka erishgan xodimlarga ustama to‘lash rejalashtirilmoqda. Bu – 2025 yilgi davlat dasturi loyihasida (https://uzbekistan2030.uz/uzc/muhokama)belgilangan.

🔎 Loyihada tibbiyot va farmasevtika xodimlari faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ham ko‘zda tutilmoqda. Buni bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.

🖥 Joriy yilda shifokor qabuliga navbatni to‘liq elektron shaklga o‘tkazish, birlamchi bo‘g‘indagi stomatologiya xizmatini autsorsing asosida xususiy sektorga berish reja qilingan.

💊 2025 yil 1 noyabrga qadar tibbiy sug‘urta mexanizmlari joriy qilinayotgan hududlarda resept asosida beriladigan dori vositalarini elektron resept tizimi asosida tayinlash amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi mumkin.